Shohruhxon — Qalbim qo’shig’i

Zamonlar o`tar, dard-u mahfuzman hamon,
Yuragim o`rtar, tinmas faryod-u fig`on.
Ishonaman beshubha, diydor ko`rmoq kuni bor,
Jamoling – yaxshi sovg`a, mamnun et bir bor.

Qalbimda qo`shiqlar yig`lar,
Yuragimda nolalar,
Seni menga eslatar
Har kim, har ne ashyolar. (x2)

Daryolar oqar yorni suygan ko`zlarda,
Ahvollar kuyar muhabbatning zulmidan.
Ishonaman beshubha, diydor ko`rmoq kuni bor,
Jamoling – yaxshi sovg`a, mamnun et bir bor.

Qalbimda qo`shiqlar yig`lar,
Yuragimda nolalar,
Seni menga eslatar
Har kim, har ne ashyolar. (x2)

Tinmay yomg`irlar
Ko`zlardan oqar, jonim.
Tinmay yomg`irlar yog`ar… (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x