Shohjuvortepa


Post Views:
30

SHOHJUVORTEPA – o‘rta asr shahri xarobasi (4–12-asr). Toshkent viloyatidagi Piskom daryosi so‘l qirg‘og‘ida, Piskom qishlog‘i qarshisida joylashgan. Dastlab (1906) I.V.Mushketov qayd qilgan. Yu.F.Buryakov (1964, 1974–1981), M.R.Tixonin (1982–83) qazish ishlari olib borgan. Maydoni – 10 gektar. Yirik hisor (maydoni 2,25 ga), qo‘sh mudofaa devori bilan o‘ralgan shahristondan iborat. Hisor shahristondan chuqurligi 11,5 m keladigan xandaq bilan ajratilgan. Hisor markazida mahobatli inshootlar qad ko‘targan, ularni sakkiz burchakli, atrofi xandaq bilan o‘ralgan 2-mudofaa devori o‘rab olgan. Shohjuvortepadan kengligi 3,5 m lik kanal, turar joylar, ko‘chalarning izlari, metall konlarining shlaklari topilgan. Shohjuvortepa darvozasi yoki minorasining bir qismi ochilgan, bu yerdan 6–8-asrlarga oid sopol buyumlar chiqqan. 10–12-asrlarda Shohjuvortepa atrofida hunarmandlar mahallasi (8 gektar) rivojlangan. Bunga Piskomsoy bo‘ylaridan mis, polimetall rudalari chiqqanligi muhim omil bo‘lgan. Shohjuvortepa rabodida konchilar faoliyati izlari (shlaklar), kumush, mis va temir rudasini qayta ishlovchi metall eritish ustaxonalari, g‘isht va sopol haykalchalar tayyorlovchi xumdonlar aniqlangan. Shahristondan ko‘plab turar joylar, jumladan badavlat shaharlikning uyi ochilgan. Undan terrakota haykalchalar, ajoyib sirlangan oshxona idishlari va xorijdan keltirilgan yaltiroq sopol buyumlar, taom yeyish uchun fil suyagidan yasalgan cho‘plar, shatranj donalari topilgan. Shuningdek sharq me’morligi uslubida ishlangan, pishiq g‘ishtdan qurilgan uchta hammom, shahar markazida naqshinkor zali bo‘lgan yirik karvonsaroy ochilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/shohjuvortepa-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x