Shohiy


Post Views:
12

SHOHIY (taxallusi; to‘liq ismi Shoxo‘ja Hakim ibn Shofayzxo‘ja Shayx Xovandi Tohuriy) (19-asr) – ma’rifatparvar shoir, tabib. Toshkentning Oqmasjid mahallasida tug‘ilgan. Dastlab Yunusxon madrasasida mudarrislik qilgan. O‘rta Osiyo, Kavkaz, Turkiya, Suriya, Misr, Iroq, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda bo‘lib, u yerdagi ta’lim-tarbiya ishlari bilan qiziqqan. Shohiy tabobatdan dars bergan. Chag‘miniy (14-asr)ning «Qonuncha» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan; undan tashqari hirotlik Yusuf tabibning (1544 yil) «Jome’ al-Favoid» («Foydali majmua») asarini o‘zbek tiliga tarjima qilib (1898), uni «Tarjimai Shohiy» deb atagan va nashr ettirgan. Bu tarjimaning bir nusxasi O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. Shohiy arab grammatikasiga oid qo‘llanmalar, o‘qish kitoblari ham yozgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/shohiy-4/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x