SHOHIN

SHOHIN (taxallusi; asl ismi Shamsiddin) (1859, Buxoro — 1894, Qarshi) — fors shoiri. Buxorodagi Shodimbiy madrasasida tahsil olgan. Jami 12500 misradan iborat sheʼriy merosi bizgacha yetib kelgan. Ular 164 gʻazal, 58 qasida, 4 muxammas, 3 musaddas, 27 ruboiy, 5 hajviy qasida, 2 tarjeʼband, 1 fard, «Layli va Majnun» dostoni va Saʼdiyning «Boʻston»i yoʻlida yozilgan «Tuhfai doʻston» («Doʻstlar tuhfasi», 1890) pandnoma asarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, «Badoeʼ ussanoeʼ» («Badiiy sanʼatlar») nomli nasriy asari mavjud. «Layli va Majnun» dostoni Xusrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviylarning shu nomli dostonlariga nazira sifatida yozilgan boʻlsada, doston syujetida oʻziga xosliklar ham mavjud boʻlib, u oʻz davri voqealarini keng yoritgan.

As: Buxoriylar boʻstoni, T., 1998.

Ad.: Mirzozoda X. M., Shamsiddin Shohin, Samarqand, 1956.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x