Shohakimov Aziz

Tarjimai hol

Aziz Shohakimov 1989 yil Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent konservatoriyasi qoshidagi Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabini, so‘ngra Toshkent konservatoriyasi qoshidagi Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyini tamomlagan. U 12 yoshidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Vladimira Neymer qo‘l ostida dirijyorlik bilan shug‘ullanib keladi.

Aziz Shohakimov O‘zbekistondagi barcha simfonik orkestrlarida ishtirok etib kelmoqda, ularning orasida Toshkent opera teatri (Shohakimov 14 yoshida «Karmen» Bize operasida dirijyorlik qilgan) ,O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrini 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U Milliy simfonik orkestrida ilk bor 13 yoshida ishtirok etdi, keyin Betxovening beshinchi simfoniyasi debyut dasturida va Listning Birinchi kontsertida fortepianoda orkestr bilan chiqish qildi. Bundan tashqari, dirijyor muntazam ravishda O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestrida qatnashib keladi.

2003 yildan musiqachi Yoshlar simfonik orkestri hamkorligida Povoljya, Tolyatti, Samara, Cheboksarax, Qozon, Ijevsk, Ulyanovlarda o‘z chiqishlarini namoyish etdi. Bu jamoa bilan yosh dirijyor ikki marta Moskvadagi —Moskva Xalqaro musiqa uyining (MXMU) Kamera zalida va Konservatoriyaning Katta zalida o‘z chiqishini namoyish etdi.

2003 yildan Aziz dirijyor-stajyor sifatida Povoljya Yoshlar simfonik orkestrida to‘rt festival-sessiyasida ishtirok etadi. Rossiya Milliy filarmoniya orkestri dirijyor-stajyor guruhiga kelib qo‘shildi. Rossiya Milliy filarmoniya orkestri kontsertlarida Moskva Xalqaro musiqa uyining Svetlanov zalida ishtirok etdi. 2006 yil 14 iyunda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri yosh dirijyorlar debyut kontsertida Veberning “Oberon” uvertyurasini ijro etgan, 2007 yil 19 yanvarda ikkinchi dasturda Bize Simfoniyasiga dirijyorlik qilgan. Shuningdek, Aziz Shohakimov — Bambergdagi G.Maler nomli Xalqaro tanlov laureati, ayni paytda Reyn (Dyusseldorf) Nemis operasi dirijyori. Yevropa va Amerika orkestrlari bilan ko‘p bora faoliyat yuritadi. 

2015 yilda Aziz Shohakimov katta muvaffaqiyat bilan Isroilda isroillik simfoniya orkestri Rishon LeZion bilan bir qator konsertlar berdi.

 

2016 yilda Salzburg festivali doirasida o‘tkazilgan yosh dirijyorlarning an’anaviy tanlovi g‘olibi deb tan olindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x