SHISHABLOK

SHISHABLOK — binokorlikda baʼzi devorlarni tiklashda qoʻllaniladigan ichi boʻsh shisha buyum. Shishablok yorugʻlikni yaxshi oʻtkazadi, issiqlik va tovush oʻtkazmaslik xossasiga ega, qisilishga mustahkamligi 400 N (40 kgk/sm2). Shishablokning quyoshdan himoya qiluvchi rangli xillari mavjud. Oʻlchami 200×200 mm dan 400×400 mm gacha, qalinligi 80 — 100 mm boʻladi. Shishablokning oddiy oynalardan afzalligi shundaki, ular devor (mas, vannaxonalarda) vazifasini bajarish bilan birga xonaning ichiga yorugʻlik tushiradi, ammo xonaning ichi tashqaridan koʻrinmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x