SHISHA PECHI

SHISHA PECHIshisha tayyorlash uchun moʻljallangan boʻtqa (massa) ishlab chiqariladigan (qaynatiladigan) qurilma. Davriy va uzluksiz ishlaydigan hamda elektr qarshilikli turlarga boʻlinadi. Davriy ishlaydigan Shisha pechi tuvakli va vannali qilib yasaladi. Bunday pechlarda maxsus shishalar: optik, rangli, yorugʻlik texnikasi uchun moʻljallangan shishalar, billur va, asosan, dastaki usulda yasaladigan boshqa shisha buyumlarga moʻljallangan boʻtqa tayyorlanadi. Tuvakli pechga, odatda, 8, 12 yoki 16 tuvak (shamot, kaolin yoki kvarsdan tayyorlanadigan, sigʻimi 100—1000 kg li issiqbardosh idish) joylashtiriladi. Tuvaklarga xom ashyo (silikatlar) va shixta solinib, 1500 — 1600°gacha qizdiriladi. Vannali pechlar iqtisodiy va texnologik jihatidan ancha tejamli va qulay hisoblanadi. Bularda qiyin eriydigan, rangli va boshqalar maxsus shisha boʻtqalari qaynatiladi.

Uzluksiz ishlaydigan Shisha pechi lari vannali boʻlib, ularda sanoat shishalari (taxta oynalar. shisha idishlar va mashinalarda tayyorlanadigan boshqa mahsulotlarga yaraydigan shishalar) qaynatiladi. Vanna (hovuz)ning uz. 60 m gacha, eni 10 m, chuq. 1,5 m gacha boʻladi. Unga 2,5 ming t gacha shisha boʻtqasi sigʻadi. Vannalar oʻtga chidamli materiallardan yasaladi. Elektr qarshilikli Shisha pechida shisha boʻtqalarining oʻzi elektr qarshilik elementi vazifasini oʻtaydi. Bu pechda metall yoki grafit elektrodlar ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x