SHIRINMIYA

SHIRINMIYA, qizilmiya — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi tik, boʻyi 50—20 sm, shoxlangan, baʼzan shoxlanmagan, tuklar bilan qoplangan. Ildizi oʻqiddiz, shoxlangan, 5—6m chuqurlikkacha boradi. Barglari toq patsimon, uz. 8—20 sm. Gullari qiyshiq (zigomorf), ikki jinsli. Mevasi 3—7 urugʻli dukkak. Urugʻi qattiq, mayda, silliq, mosh rang. Aprelning oxiridan iyungacha gullaydi. Avgustda pishadi. Asosan, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Daryo yoqalarida, ariq va zovur boʻylarida, qumloq yerlarda, togʻ yon bagʻirlarida, baʼzan 2500 m balandlikkacha boʻlgan yerlarda, kam va oʻrta shoʻrlangan tuproqlarda ham oʻsadi. Amudaryo, Sirdaryo, Ural va Ili toʻqayzorlarida Shirinmiyaning katta maydonlarni egallagan oʻtloqzorlari uchraydi. Shirinmiya qadimdan qimmatbaho dorivor oʻsimlik sifatida maʼlum. Uning ildizi tarkibida gormonal faol glitsirrizin, saxaroza, fruktoza, glyukoza, oshlovchi moddalar, 30 ga yakin flavonoidlar va boshqalar bor. Tibbiyotda Shirinmiyaning ildizi va ildiz poyasidan tayyorlangan dorilar bilan yalligʻlanish. allergiya, zaharlanish, Addison kasshtligi, bod, belangi, boʻgʻma, sil, chipqon, ekzema va boshqalar kasalliklar davolanadi. Shuningdek, oziqovqat, kimyo va kon metallurgiyasi sanoatida ham ishlatiladi. Shirinmiyaning poyasi tarkibida koʻp miqdorda oqsil, yogʻ, qand, karotin, vitamin S va boshqalar borligidan qimmatbaho yemxashak hisoblanadi. Undan yaxshi pichan va silos tayyorlanadi. Oʻzbekiston FA «Botanika» ilmiy ishlab chiqarish markazida Shirinmiyaning serhosil, qurgoqchilikka va tuproq shoʻrlanishiga chidamli shakllari yaratilgan; urugʻi va ildizpoyasidan koʻpaytirish usullari, afotexnikasi ishlab chiqilgan; yiliga 2-marta hosil olish mumkinligi isbotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x