SHIRINAK

SHIRINAK — qovun-tarvuzning eng shirin namunalarini tanlash va baholash maqsadida oʻtkaziladigan anʼanaviy musobaqa, bahslashuv. Qadimdan kuz boshida, qovuntarvuz gʻarq pishgan davrda bozorlarda, qovun sayillarida oʻtkazib kelingan. Shirinakda mirishkor qovunchi dehqonlar oʻzlari yetishtirgan hosilning eng sarasini namoyish qilganlar. 20-asrning 70—80-y. larida Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasida (Toshkent shahrida) Shirinak polizchi dehqonlarning maxsus koʻriktanlovi — qovun sayli shaklida har yili 1-sentyabrda oʻtkazilgan. Shirinakda musobaqalashuvchi tomonlarning oʻzlari qovuntarvuzning eng sarasi va shirin deb bilgan namunaparini tanlaydilar. Tanlangan qovuntarvuzlar soʻyilib, shirin va sara deb topilgan namunalar chashnachilar (q. Chashnachilik) tomonidan eʼlon qilinadi. Kimniki shirin chiqsa, shu tomon gʻolib deb topiladi. Tanlovda hayʼat tuzilib, u qovuntarvuzning tashqi koʻrinishi, sifati, shirinligi, eti tarkibidagi qand moddasi miqdori, hosildorligi, tashishga, saqtashga chidami va boshqalarga baho beradi hamda gʻoliblarni eʼlon qiladi, sovrinlarni topshiradi. Gʻolib topilgan nav urugʻlari ekish uchun tavsiya etiladi.

Shirinak hozir ham shaharlar va tumanlarda qovun bozorlarida, qovun sayillari, hosil bayramlarida uyushtiriladi, qovun ishqibozlari, havaskor polizchi dehqonlar oʻrtasida oʻtkazib turiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x