SHIFOXONA — davolash muassasasi. Keng maʼnoda Shifoxona tushunchasi bemorlarni statsionar sharoitda davolash (q. Kasalxona, Kurort, Dam olish uylari, Sanatoriy), aholiga dispanserizatsiya usuli bilan xizmat koʻrsatish (q. Dispanser) va boshqalar davo muassasalarini anglatadi. Tor maʼnoda Shifoxonalar kasalliklarni davolashda, asosan, tabiiy usullardan foydalanuvchi sihatgohlardir. Ular fizioterapevtik, balneologik, iqlim bilan davolash va boshqa Shifoxona larga boʻlinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые