QOPQON

QOPQON — yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash (ilintirish) uchun moʻljallangan moslama, qurilma va apparatlar. Ikki turi: odam ishtirok etadigan va etmaydigan (avtomatik) turlari bor. Odam ishtirok etadigan Qopqonlar turli-tuman toʻrlar, tortma sirtmoqlar, matraplar, qopqogʻi arqon yordamida tortib olinadigan chuqurlar va b. dan iborat. Bular asosan hayvonlar va qushlarni tirik tutish uchun ishlatiladi. Odam ishtirok etmaydigan («avtomatik») Q. lar jumlasiga tuzoqlar, sirtmoqlar, prujinali moslama va qurilmalar, tarang tortilgʻan chilvirga tegib ketilganda oʻz-oʻzidan otiladigan oʻq-yoylar, ustiga omonatgina xashak yopib qoʻyiladigan chuqurlar, ichiga hayvon kirganda eshigi «oʻz-oʻzidan» yopilib qoladigan uzunchoq yashiklar va b. kiradi. Sichqon va kalamushlar uchun moʻljallangan prujinali qisuvchi Qopqonlar keng tarqalgan. Ayrim Qopqonlar odam uchun ham xavfli boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda tulki, toʻngʻiz, quyon, boʻrsiq, kaklik, bedana va b. uchun Qopqon va tuzoqlar qoʻyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x