ShERFEDINOV Yagya Sherfedinovich

ShERFEDINOV Yagya Sherfedinovich (1894.18.3, Feodosiya 1975.29.1, Toshkent) — qrim-tatar kompozitori. Qrim ASSR (1941)da va Oʻzbekiston (1971)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1931). Simferopol radioqoʻmitasining musiqa boʻlimi mudiri (1931 — 37), opera va balet teatri, xalq ijodi uyi, ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar (193741). 1941-yildan Oʻzbekistonda. Muqimiy teatri (1941 — 43)da, Andijon teatri (1944—47)da musiqa rahbari. Andijon bolalar musiqa maktabi (1947—52), Toshkent oʻquvchilar saroyi (1952—55)da musiqa oʻqituvchisi. 1956-yildan faqat ijod bilan shugʻullangan. Sherfedinov «kim ishlasa, u tishlaydi», «Alim», «Arzilik qiz» (uchchalasi ham Yu. Bolat pyesasi), T. Jalilov bilan «Nurxon» (ikkinchi tahriri, 1944, K. Yashin), «Qaydasan, mening sevgim» (R. Murod) kabi musiqali drama va komediyalar, turli simfonik, vokalsimfonik asarlar, qoʻshiq va romanslar yaratgan. «Qrimtatar xalq ashula va raqslari» (1931, 1958), «Xaytarma kuylaydi» (1975) toʻplamlarini nashr qildirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x