Sherali Jo’rayev — Sochingdagi oq

Guldek qovjirabdi qirmizi dudoq,
Oh, bu o`shal tanish dil tortar nigoh.
Boy berilgan ishqdan qolgan esdalik,
Mening sevgim emasmi sochingdagi oq?

Ancha to`lishibsan, o`zingni tashlab,
Unutdingmi bizni, yangidan boshlab?
Nega kulayabsan ko`zingni yoshlab,
Mening sevgim emasmi sochingdagi oq?

Bulbullar chah-chahlab, hamon tong otar,
Turnalar qur-qurlab qanotin qoqar,
Ikkimizni tunlari qon-qon yig`latar,
Sening sevging emasmi sochimdagi oq?

Ikkimizni tunlari qon-qon yig`latar,
Sening sevging emasmi sochimdagi oq?

Qancha yo`llar o`tdi, bosilgan dovon,
Endi sen begona, men boshqa odam.
Asli dushmanimiz so`nggi pushaymon,
Bizning sevgimasmi sochlardagi oq?

Asli dushmanimiz so`nggi pushaymon,
Bizning sevgimasmi sochlardagi oq?
Pok dildan qaro sochga yozilgan doston,
Bizning sevgimasmi sochlardagi oq?

Guldek qovjirabdi qirmizi dudoq,
Oh, bu o`shal tanish dil tortar nigoh.
Boy berilgan ishqdan qolgan esdalik,
Mening sevgimmasmi sochingdagi oq?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x