Sherali Jo’rayev — Olis yo’llar

Baxtu-tole’ini qidirgan odam,
Olis yo`lga chiqqan-ey yurtdoshim, og`am,
Bardam bo`l, horma, dadil qo`y qadam, {x2}
Iloyim, {x3} yo`llaring bexatar bo`lsin.

Olis ipak yo`l bu, {x2} taramlari ko`p,
Chinu farang, hindning sanamlari ko`p,
Turku forsning qoshi qalamlari ko`p,
Bu yo`lda topganing haloling bo`lsin. {x2}

Olam bozor o`lmish – barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa, sotishga tayyor.
Kimdur do`stin sotar, kim tashna, kim zor,
Bu yo`lda iymonin asragan kim bor? {x2}

Tiriklik bozori boshingga tushdi,
Er-ayol, keksa-yu yoshingga tushdi,
Burgut ham rizq tilab qoshingga tushdi,
Kaftin ochib kelsa, ko`ksing ochilsin-ey,
Qalbing muruvvatu mehrga to`lsin! {x2}

Yo`llar olis, olis yo`llar, olis makoning,
Bu yo`llarda omon o`lsin din-u iymoning.

Shu yo`llarda omon o`lsin din-u iymoning…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x