Kunlardan bir kun boʻri suruvdan olib qochgani sovliqni oʻngarib uyasiga ketayotgandi, sherga duch keldi-yu, oʻljasini oldirib qoʻydi. Boʻri chetroqqa chiqib xitob qildi: “Oʻljamni tortib olganing adolatdan emas!”.
Sher kulib javob qildi: “Oʻzing-chi, oʻzing, uni halol qoʻlga kiritibmiding yo ogʻayningdan sovgʻaga olganmiding-a?”.
Bilgilki, adolatsiz va nopok kishilarning oʻzlari qiyin ahvolga tushganlarida avvalo adolatu halollikdan soʻz ochadilar.
EZOP
“Hurriyat”dan olindi.
https://saviya.uz/ijod/nasr/sher-bilan-bori/