SHENSI

SHENSI — Xitoyning shim. gʻarbiy qismidagi provinsiya. Xuanxe daryosining oʻrta oqimi havzasvda. Mayd. 195,8 ming km2. Aholisi 35,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Sian shahri Shensida qadimdan dehqonchilik rivojlangan. Jami ekin maydonlarining yarmidan koʻprogʻiga donli ekinlar (bugʻdoy, tariq, sholi) ekiladi. Paxta, moyli oʻsimliklar yetishtiriladi. Janubiy dagi hududlarda yiliga 2-marta hosil olinadi. Bu yerda tung, lok daraxtlari, sitrus mevalar oʻstiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol boqiladi. Toshkoʻmir, temir rudasi, neft qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sian, Baoszi.

Shensi hududining bir qismi mil. av. 6 — 4-asrlarda Sin podshohligi tarkibida boʻlgan. 9-asrdan hoz. nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x