SHCHUSEV Aleksey Viktorovich

SHCHUSEV Aleksey Viktorovich [1873.26.9(8.10), Kishinyov 1949.24.5, Moskva] — rus meʼmori, akad. (1943). Peterburg BA da taʼlim olgan (1891—97). Shchusev faoliyatida rus meʼmorligi anʼanalariga va neoklassitsizmga murojaat etib, oʻziga xos meʼmorlik uslubi yaratishga intilgan (mas, Moskvadagi Qozon vokzali majmui, 1914-yilda boshlanib — 1941-yilda tugallangan). 1918—25 yillarda «Yangi Moskva» loyihasi meʼmori, Tretyakov galereyasi direktori (1926—29). Toshkentdagi Navoiy teatri binosi Shchusev loyihasi asosida qurilgan (1947-yil, xalq ustalari bilan hamkorliqda). 2-jahon urushida vayron boʻlgan shaharlar (Istra, Novgorod, Kishinyov)ni tiklashda loyihalari bilan qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x