SHAYXOVA Xotima Omilovna

SHAYXOVA Xotima Omilovna (1929. 15.1, Toshkent) — faylasuf olima. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari dri (1985), prof. (1988). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1960). Toshkentdagi oʻrta maktablarda ishlagan (1946—63). Uzbekiston FA Falsafa va huquq intida kichik va katta ilmiy xodim (1966—71), boʻlim mudiri (1971—87), Toshkent Oliy partiya maktabida kafedra mudiri (1987—92), Toshkent iqtisodiyot untining professori (1992—97). Ilmiy asarlari etika, maʼnaviy hayot, turmush tarzi, ijtimoiy adolat, tarbiyaning ijtimoiyaxloqiy va maʼnaviy muammolariga bagʻishlangan.

As: Umuminsoniy qadriyatlar va maʼnaviy kamolot(hammuallifliqda), T., 1992; Insonning maʼnaviy qiyofasi, T., 1993; Xulqodob maʼnaviyat kaliti, T., 1994; Istiqlol va ayol kadri, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x