SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI

SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (13—14-a. lar). Rivoyatlarga koʻra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-a.)ga atab barpo qilingan (q. Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston oʻrtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, choʻzinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (12 — 13-a. lar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va b. bor. Old koʻrinishi jan. sharqqa qaratilgan, koʻchadan unga qoʻshimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. Toʻrtburchak tarxli (16×18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Makbara markazida Shayx Zayniddin sagʻanasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan. gʻarbiy peshtogʻidagi yozuvga koʻra, hijriy 1339-y. da (mil. 1920 — 21) taʼmirlanib, maqbaraning eski gʻishtlari yangi gʻishtlar (26x12x6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24x24x5 sm) gʻishtdan terilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x