Shayx Alouddin Mansur | |
Qorasuv imomi | |
Tavallud sanasi: | 20-yanvar 1952-yil |
Tavallud joyi: | Qorasuv shahri |
Vafot sanasi: | 13-oktabr 2020-yil (68 yoshda) |
Vafot joyi: | Qorasuv (Oʻsh viloyati) |
Dini: | Islom |
Shayx Alouddin Mansur (1952—2020[1]; Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Qorasuv shahri[2][3]) — taniqli oʻzbek ulamolaridan, shayx va olim. Qurʼon maʼnolarining oʻzbekcha izohli tarjimasini tayyorlagan. Hanafiy masxabining eng yirik manbalaridan «Badoʼius sanoiʼ fiy tartibish sharoiʼ» asarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Uning tomonidan Qorasuvda tashkil etilgan „Qurʼoni karimni oʻrganish ilmiy markazi“da esa Qurʼon maʼnolari ruschaga, turkmanchaga, qozoqchaga va qirgʻizchaga tarjima qilingan. Koʻp-yillar davomida Qorasuvdagi Imom Al-Buxoriy masjidining boshchisi boʻlib kelgan.
Faoliyati
Shayx Alouddin Mansur 1952-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Qorasuv shahrida tugʻilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi. Olim Qurʼoni Karim maʼnolarining oʻzbekcha izohli tarjimasini tayyorladi hamda uning tarjimasi Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi oʻtkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991-1993-yillarda avval „Sharq yulduzi“ jurnalida, keyin Gʻafur Gʻulom va „Choʻlpon“ nashriyotlarida bir million nusxada bosildi. Shundan keyin u 2000-yilda Qorasuv shahrida „Qurʼoni karimni oʻrganish ilmiy markazi“ tashkil etib, Qurʼoni karim maʼnolarining rus (Alisher Ahmad bilan hamkorlikda) va qirgʻiz tillariga tarjima qildi. Soʻnggi-yillarda u Qurʼoni karimning imkoni boricha kengroq tafsirini tayyorlash ustida ish olib bordi. Qirgʻizistonda shayxning koʻp jildli „Qurʼoni azim tafsiri“ chop etilgan. Shayxning „Imom Aʼzam buyuk imomimiz“ nomli asari Oʻzbekistonda chop etilgan.