SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI

SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI — Shaqrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (15-a.). Amir Temurning otasi Amir Taragʻoyning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga qurilgan. Goʻrxonaning tarhi toʻrtburchak (12,1×10,6 m), pishiq gʻishtdan qurilgan, toʻrdagi devori ravokli toklardan iborat. Uymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va kufiy yozuvi nodir. Maqbaraning kulohiy (qirrador) gumbazi 20-a. boshlarida buzilib tushgan, oʻrni bir ustunli tekis tom 6n taʼmirlangan. Shamsuddin Kulol Maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi meʼmoriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — oʻzaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklar meʼmoriy uslubga muhim taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x