SHAMOL KADASTRI

SHAMOL KADASTRIshamol energetikasi resurslari (imkoniyatlari) ni hisobga olish tizimi; maʼlumotlar toʻplami. Joylardagi (mahalliy) shamol tezliklari maromini ifodalovchi obyektiv maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Shamol kadastri maʼlumotlari shamol energetikasi sohasida bajariladigan hisoblashlar uchun asos boʻladi. Shamol kadastrida mahalliy shamollarnchng oniy va oʻrtacha tezliklari, takrorlanuvchanligi, yuz beradigan sukunat (shtil) davomiyligi va b. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jadval yoki grafik shaklida beriladi. Bu jadval va grafiklarni tayyorlashda meteorologiya styalarining koʻp yillik kuzatishlari materiallaridan foydalaniladi. Uzbekistonda bunday kuzatishlar gidrometeorologiya xizmati tomonidan olib boriladi (Uzbekistonda 47 ta meteorologiya styasi mavjud; 2005).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x