SHALOMAYEV

SHALOMAYEV Aron (1917.20.10, Buxoro — 2004.20.7, Isroil) — yozuvchi, dramaturg, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Toshkentdagi oʻqituvchilar uyini tugatgan (1934). Yozuvchilik faoliyatini 20-a. 30y. laridan boshlagan. «Oqibat» Sh. ning ilk pyesasi. «Ona mehri», «Ardokli Vatan», «Halollik», «Qon sachragan chinor», «Buxoro fojiasi», «Alisher Navoiy», «Ahmad Donish», «Ibn Sino», «Oltin qafas ichra», «Umar Xayyom», «Iztirob», «Qalb nidosi», «Gardishi davron» kabi asarlarining deyarli hammasi respublikamiz teatrlarida saxnalashti? rilgan. Toshkentdagi 29sonli, 65sonli maktablarning va oʻquvchilar saroyining uzok, yillar davomida direktori boʻlgan. Samarqand davlat buxoroyahudiylari musiqali drama teatrining tashkilotchilaridan. «Axaronnoma» («Xotiranoma») turkumidagi 8 ta kitob, «Buxoro yahudiylarining adabiyoti» (14—20-a. lar 2 jildli, Xanoy Tolmas b-n) nomli kitob muallifi. «Amnun va Tomor», «Ester xamalka» uning soʻnggi yillar yaratgan asarlaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x