Shahzoda — Kimga

Go`zallikka aldanmagin, yoningga qara,
Yolg`onlarga berkinmagin, iymonga tayan.
Yaqiningdan o`zga kimga keraklisan, bil,
Asrab-avayla baxtingni, mehringni bergin.

Kimga zor bo`lding, do`stim,
Kimga xor bo`lding, do`stim?
Qo`lingdagi baxt qushingni qadrlamading,
Vafodor yoring, mehringni kimga alishding?

Tanho qoldim orzularda, hasratda qalbim,
Unut, deb seni o`zimga, kuyadi tilim.
Qarama, ko`zlarim endi ko`z yoshlar to`kmas,
Tilagim – armonda qolma, mehrga to`ymay.

Kimga zor bo`lding, do`stim,
Kimga xor bo`lding, do`stim?
Qo`lingdagi baxt qushingni qadrlamading,
Vafodor yoring, mehringni kimga alishding? (x1+x1)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x