Shahzoda — Faqat asra

Iltimosim senga bor –
Ozor yetkazma zinhor,
Olislarda orom izlama, jonim.
Bir lahza hayot sovg’a,
Bir lahza, jonim birga,
Imkon oldik birga baxtli bo’lishga.

Kim bilar, aytgin agar
Uchrashmaganda bizlar?
Ruhim tan olmas edi o’zga, o’zga.
Kimdir qattiq izlasa,
Sevgi baxtin istasa,
Bir-birini ular topar albatta,
Faqat asra, faqat azob berma unga!

Har bir tongni sen bilan
Kutmoq uchun yashayman,
Ko’zlaringda baxtni ko’rayin deyman.
Sening mayin nigohing,
Sening har shirin so’zing,
Qanchalik baxtliman desam ko’p bo’lmas.

Kim bilar, aytgin agar
Uchrashmaganda bizlar?
Ruhim tan olmas edi o’zga, o’zga.
Kimdir qattiq izlasa,
Sevgi baxtin istasa,
Bir-birini ular topar albatta,
Faqat asra, faqat azob berma unga! (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x