Shahvat va uning patalogik shakllari

Shahvat, sperma – erkaklar jinsiy bezlarida ishlab chiqadiga va tarkibida jinsiy hujayralar bo‘lgan moddalar aralashmasi (suyuqlik). Shahvat jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda ishtirok etadigan erkak jinsiy hujayrasi spermatozoiddan iborat.

Shahvat balog‘atga yetish davrida ishlanib chiqa boshlaydi va yosh o‘tgan sari (40 dan keyin) kamaya boradi. Eyakulyatsiya vaqtida (urug‘ otib chiqarish yoki har bir jinsiy aloqada) o‘rtacha 2-6 ml. shahvat ajraladi.

Shahvatning kam ajralishi erkaklarda bepushtlikka sabab bo‘ladi. Prostata bezi, moyak, yorg‘oq, siydik chiqarish kanalidagi yallig‘lanishlarni o‘z vaqtida davolamaslik oqibatida shu organlarda chandiqlanish paydo bo‘ladi, natijada shahvat ishlab chiqilishi va ajralishi qiyinlashadi. Bunday noxush hodisalarning oldini olish uchun o‘z vaqtida mutaxassis vrach andrologga murojaat qilish kerak.

Shahvat suyuqligi rangi

Loyqalangan-sutsimon bo‘lib, nurda jilokor yaltirashi spermatozoidlarning ko‘p miqdordaligidan dalolatdir. Agar urug‘ suyuqligi tarkibida spermatozoid hujayralari kamroq bo‘lsa, u zangori-tiniqroq tusda bo‘ladi. Eyakulyat tiniq-shaffof rangda bo‘lsa, unda spermatozoidlarning nomavjudlik holati – azoospermiya ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Maniyning kulrang-sarg‘imtir tusda bo‘lishi – piospermiya, ya’ni urug‘ suyuqligiga yiring elementlari ya’ni, leykotsitlar aralashishi natijasidir. Bu hol prostata bezi, urug‘ pufakchasi kabi jinsiy a’zolarda yallig‘lanish bo‘lsa ro‘y beradi. Urug‘ qizg‘imtir, ya’ni qon aralash bo‘lsa, bu hol prostata bezi, urug‘ pufakchalari yoki do‘mboqchasi kabi a’zolarning granulyatsiyalangan yallig‘lanish xastaliklariga yoki o‘sma kasalliklariga chalinganidan dalolat bo‘lishi mumkin. Ammo jinsiy munosabat paytidagi shikastlar yoxud o‘ta zo‘riqish ham eyakulyatda qon paydo qilishi mumkin.

Shahvatning patologik holatlari

Shahvat suyuqligi

Azoospermiya – shahvatda spermatogonez hujayralari mavjud bo‘lsa-da, ammo bolig‘, ya’ni farzand bunyod etishga layoqatli spermatozoidlarning umuman yo‘qligi.

Aspermiya – shahvat suyuqligi tarkibida ham spermatogenez hujayralarining, ham spermatozoidlarning butunlay nomavjudligi kuzatiladi. Ushbu holatni aspermatizm, ya’ni uzoq jinsiy aloqa qilinsa-da, umuman shahvat suyuqligi chiqmaydigan darddan farqlay bilish lozim.

Oligozoospermiya – shahvat suyuqligining 1 mlda spermatozoidlar sonining 60 mlndan kamligi bilan ifodalanadi.

Polizoospermiya – 1 ml shahvat suyuqligida 250 milliondan ziyod spermatozoidlar bo‘lishi natijasida ularning harakatlanishiga zarar yetadi, ya’ni g‘ij-g‘ij hujayralar uchun shira miqdori yetarli bo‘lmaydi.

Nekrozoospermiya – urug‘dagi spermatozoidlarning 80-90 foizdan ziyod o‘lik bo‘lishi.

Astenozoospermiya – faol harakatlanuvchi spermatozoidlarning 70 foizdan kamligi.

Akinozoospermiya – faol harakatlanuvchilarning 1-10 foizga qadar tushib qolishi.

Teratozoospermiya – shahvatda nuqsonli spermatozoidlarning 30 foizdan oshib ketishi.

Piospermiya – eyakulyatda yiring paydo bo‘lishi.

Gemospermiya – eyakulyatda qon paydo bo‘lishi.

Spermaagglyutinatsiya – spermatozoid hujayralarining bir-biriga yopishib qolishi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Spermogramma tahlilini topshirish shartlari qanday?

Quyidagi video lavha orqali tuxumdonning spermatazoid tomonidan urug‘lanishini haqida ma’lumot olishingiz mumkin (Qiziqarli lavha). Video lavha “Nuceus Medical Media” tomonidan tayyorlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x