Shahrizoda guruhi — Ishq otashi

Visoling ko`rsam yonaman,
Xuddi afsungar, xayolim olgansan.
Sevgim pinhon tutaman,
Uni bilolmay yonasan.

Oroming qo`llarimda,
Unutib aqling maftunsan, bedorsan.
Qalbimga sohib o`zing,
Buni bilolmay yonasan.

Ehtirosga to`la dil,
Sig`maydi vujudimga,
Noz ila xayolim uchar senga. (x2)
Ishqimiz otashi
Eritsin tog`lardagi qorni,
Begona aylasin qayg`u-ozorni. (x2)

Meni deb ozor chekasan,
Tabassum aylab shodlikka to`laman.
Qo`rqmay ozor etasan,
Har lahza mahzun bo`laman.

Qish misli jilolanib,
Beshafqat qalbingga mehrim joyladim.
Yondirib, zor erkalanib,
Qalbimni senga bog`ladim.

Ehtirosga to`la dil,
Sig`maydi vujudimga,
Noz ila xayolim uchar senga. (x2)
Ishqimiz otashi
Eritsin tog`lardagi qorni,
Begona aylasin qayg`u-ozorni. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x