SHAHRISTON

SHAHRISTON — 1) Sharkda oʻrta asrlarda shaharlarning markazi, mudofaa devori bilan mustahkamlangan asosiy qismi. Saroy (baʼzan ark), jome masjid, yopiq (tim) yoki ochiq bozor, bosh maydon — registon, muhim maʼmuriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qoʻrgʻonlari, shuningdek, oddiy aholi xonadonlari va boshqalar boʻlgan. Ilk davrlarda unda bogʻ, ekinzorlar ham boʻlgan. qadimiy Buxoro Sh. i arkdan alohida qurilgan (Narshaxiyning yozishicha, arkning bir darvozasidan ark oldidagi maydon — registonga, 2darvozasidan Shahristonga chiqilgan).

Shahristonlar yirikasosiy koʻchalar bilan bir necha dahalarga boʻlingan. Mas, Buxoro Shahriston ida gʻarbdan sharqqa, shim. dan jan. ga oʻtgan qoʻcha Shahristonni 4 teng qismga boʻlgan. Shahristonda dastlab dehqonlar, arab istilosidan keyin savdo va hunarmandchilik rivoj topgach, savdogarlar, hunarmandlar (hokim tabaqa bilan bir Shahristonda) yashaganlar. Keyingi asrlarda Shahriston atrofida tashqi shaharrabod qurilgan. Oʻrta Osiyoda qoʻsh — ichki va tashqi rabod bilan oʻralgan Shahriston ham boʻlgan (mas, Binkat); 2) bir-biriga yaqin shaharlar guruhi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x