SHAGʻAL

SHAGʻAL — togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻladigan qattiq qurilish materiali. Paydo boʻlishiga koʻra, daryo, dengiz, koʻl, togʻ va jar toshlariga boʻlinadi. Shakliga koʻra, qirrador, tuxumsimon, nayzasimon va yassi xillari farqlanadi. Daryo va dengiz Sh. lari toza hamda silliq, togʻ, qoʻl va jar Shlari qirrador, turli aralashmalar bilan ifloslangan boʻladi. Oʻlchamiga qarab, mayda (5—20 mm), oʻrtacha (20—40 mm) va yirik (40—150 mm) toshlarga boʻlinadi. Oʻlchami 150 mm dan katta boʻlgan toshlar harsangtosh deb ataladi. Shagʻallar yoʻl qurilishida, beton quyish ishlarida qoʻllaniladi. Beton quyish uchun eng maqbul xom ashyo qirrali Shagʻal hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x