SFEROLITLAR

SFEROLITLAR (sfero… va yun. lithos — tosh) kristallar qotishmasi — juda ingichka ignasimon kristallar agregatlaridan tuzilgan radial nursimon sharchalar. Magmatik va choʻkindi togʻ jinslarida uchraydi. Sferolitlarning mineral tarkibi va oʻlchami turlicha. Magmatik jinslardagi Sferolitlar koʻpincha diabazlarning chekka qismlaridagi endogen kontakt hosilalar hisoblanadi. Nordon lavalarda asosiy shishasimon massalar qotayotganda yaxlitlanish yoʻli bilan paydo boʻlishi mumkin. Asosiy lavalar (variolitlar)da bunday hosilalar variollar deb ataladi. Dala shpati va kvarsdan hosil boʻladigan sferolitsimon hosilalar psevdosferolitlar deb ataladi. Choʻkindi jinslarda karbonatli, marganestemirli, fosfatli, xalsedonli va b. S. uchraydi. Bunday Sferolitlar odatda, moddalar kristall strukturasini yoʻqotayotganda hosil boʻladi; ularning kupi paydo boʻlishiga koʻra konkretsion hosilalarga yaqin (q. Konkretsiyalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x