SEZUVCHANLIK

SEZUVCHANLIK, sezgirlik, taʼsirchanlik — tirik organizmning tashqi va ichki muhit taʼsirini qabul qilish xususiyati; tor maʼnoda analizatorlarning qoʻzgʻatuvchilarga javob qaytarish qobiliyati. Nerv sistemasiga ega hayvonlarda ixtisoslashgan sezish hujayra (retseptor)lari turli qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan yuqori darajada tanlash sezuvchanligiga ega. Mutlaq va differensial S. farq qilinadi. Analizatorlar qoʻzgʻatuvchilarning minimal darajadagi eng kuchsiz taʼsiri (sezgining mutlaq chegarasi)ni sezish qobiliyati mutlaq Sezuvchanlikni ifodalaydi. Sezgining mutlaq chegarasi bilan mutlaq Sezuvchanlik birbiriga teskari proporsionaldir. Mas, bir stakan choydagi shirinlikni sezish uchun bir odam 1 qoshiq shakar solishi yetarli boʻlsa, boshqasi 2—3 qoshiq solishi mumkin. Analizatorlarning qoʻzgʻatuvchilar orasidagi bilinarbilinmas farqlar, oʻzgarishlarni sezish qobiliyati differensial Sezuvchanlik deb ataladi. Sezishda qoʻzgʻatuvchining bilinarbilinmas oʻzgarish tugʻdiradigan mikdorining ozgina oʻsishi sezgining differensial chegarasi deyiladi. Differensial Sezuvchanlik ham differensial chegara bilan teskari proporsionaldir.

Sezgi chegaralari va Sezuvchanlik qoʻzgʻalish hamda tormozlanish jarayonlari bilan belgilanadi.

Nerv sistemasi qanchalik qoʻzgʻaluvchan boʻlsa, Sezuvchanlik shunchalik yuqori boʻladi va aksincha. Qoʻzgʻalish jarayoni miya poʻstlogʻining biror qismida hosil boʻlib, boshqa qismlarga tarqaladi. Keyinchalik mashq qilib borish tufayli qoʻzgʻalish maʼlum nerv hujayralarida differensiallanadi, farqlanadi.

Qoʻzgʻatuvchining taʼsiri oʻzgarishi b-n S ham oʻzgaradi; qoʻzgʻatuvchilar sust taʼsir etganda Sezuvchanlik oshadi, kuchli taʼsir etganda Sezuvchanlik kamayadi. Sezuvchanlik analizatorlarning oʻzaro taʼsiri natijasida ham oʻzgaradi. Shuningdek, Sezuvchanlik dagi oʻzgarish hayot sharoiti, inson faoliyati bilan uzviy bogʻliq. Ayrim kasalliklar taʼsirida Sezuvchanlik oʻzgarishi (kamayishi yoki ortishi), izdan chiqishi yoki butunlay yoʻqolishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x