SEYTJONOV

SEYTJONOV Tojetdin (1924.8.4, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 1998.16.7, Nukus) — Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (1985) va dramaturg. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1959). Oʻqituvchilar intini tugatgan (1948). «Jas leninshi» (1954 — 56), «Sovet Qaraqalpaqstani» (1967 — 73) gaz. va «Amudarya» jur. da (1962 — 64; 1978-y. dan) va b. tashkilotlarda ishlagan. Qoraqalpogʻiston Radio va televideniye davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1973—78). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Azamat yigitlar» (1956). «Zebo» (1957), «Qanotli yoshlar» (1961), «Muhabbatnoma» (1971), «Hayot falsafasi» (1979) sheʼriy kitoblarida qrraqalpoq xalqi hayoti aks etgan. «Qorli soʻqmoklar» (1959), «Abu Rayhon Beruniy» (1973), «Nukus afsonasi» (1981) va b. pyesalar muallifi. «Dengizdan esgan shamol» sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida nashr qilingan (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x