Sevgi va muhabbat haqida she’rlar

DO`STLARGA ULASHING:

SIZNI UCHRATGUNCHA

Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma’yus qarashlar.

Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim…
1986

Abdulla Oripov

ISTAYSIZMI-YO‘QMI

Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

1998

Iqbol Mirzo

KUZATISH

Ko‘zlar ko‘zga yana nigoron,
Boshga tushdi beshafqat hijron.
Muhabbatga yo‘ldosh imtihon,
Yuragingda meni olib ket.

Sensiz bedor tunlarim bilan,
She’rga sirdosh kunlarim bilan,
Ozurda jon unlarim bilan,
Yuragingda meni olib ket.

Ko‘zlarimda uchqunlar marjon —
Quyoshdan-da balki nurafshon,
Adashtirmas yo‘lingdan mijgon,
Yuragingda meni olib ket.

Shabadalar men bo‘lib o‘psin,
Sochlaringni to‘zitib o‘tsin,
Har makonda mehrim gul tutsin,
Yuragingda meni olib ket.

Ayriliqning dardi ko‘p yomon,
Gul chehraning zardi xo‘p yomon,
Baxtimga sen oy bor, kel, omon,
Yuragingda meni olib ket.

Tushlarimga kirganda kulcha,
Darak bersa subhidam qushcha,
Jaranglatib gar pichoq tushsa,
Seni kutgum sabri betoqat,
Baxtimga sen kel tezroq faqat…

Gulchehra Jo’rayeva

Seni sevmay qo’ydim

Seni sevmay qo’ydim, rosti gap,
Eslamay ham qo’ydim, ko’p bo’ldi.
Garchi quvonchlardan mahrumdir dilim,
Garchi hijron uni boshpana qildi.

Garchi eslamadim seni bir lahza,
Garchi jilovladim tuyg’ularimni.
Faqat yuragimda mening ismimsiz,
Yashayverding boqib qayg’ularimni.

Garchi men hammadan seni yashirdim,
Yengib yashayoldim o’zimni-o’zim.
Faqat… Men barini inkor etaman.
Faqat… Fosh etadi sevgimni ko’zim.

Garchi takrorlayman, «Sevmayman seni,
Yodlamay ham qo’ydim, gapning rosti shu.»
Faqat… Kulgularim sen bilan ketdi.
Faqat… Qoldi menda muzlagan tuyg’u.

Islom hamro

Nega ko’nglingizga qo’nibdi g’ubor,
Yoki xomush bo’lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor,
Ko’klamga umrbod bo’lay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?


(c)

EY OLLOXIM BILMAM QANDOQ GUNOX QILDIM,
QAYSI NOPOK MANZILLARGA QO’YDIM QADAM.
ARMON BO’LIB O’Z-O’ZIMNI BAG’RIM TILDIM,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!

ASLIDA BAXTIM XAM SHUSIZ BUT-BUTUN,
DO’STLARIM YONIMDA PARVONA BUGUN.
EY OLLOXIM BILMAM NE UCHUN,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?!

YILLAR O’TIB BORAR, DARDIM ICHIMDA,
KO’RGIM KELAR UNI XATTO TUSHIMDA.
SHU TASHVISH KAM EDI MENI BOSHIMDA,
SHUNDOQ… MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM…

ENDI SOG’INMAYMAN, BO’LDI YETAR, BAS!
O’YLAMAY YASHAYMAN SIZNI MEN BIR DAM.
YURAGIM SO’ZIMGA ITOAT QILMAS,
NEGA MENI SEVMAS MEN SEVGAN ODAM?

SENI SEVAR EDIM DUNYODA TANXO,
SENI YONIB-YONIB SEVAr EDIM.
O’ZLIGIMDAN, O’ZIMDAN XATTO………
…DUNYOLARDAN TONIB SEVARDIM.

-TA’RIFLASHGA SENING KO’ZLARING,
MEN O’ZIMNI OJIZ SEZARDIM.
MENGA JONBAXSH ZILOL SO’ZLARING,
CHASHMASIDAN QONIB SEVARDIM.

-YURAGIMGA O’Q TEKKANIDA,
TAQDIRIMDAN NOLIB YIG’LARDAIM.
SENI TO’YING BO’LGAN O’SHA KUN,
XUDOYIMDAN BAXTING TILARDIM

-O’YLAMADING, UNUTDING MENI,
MEN NIMA XAM QILA OLARDIM.
IZLAMADIM QIYOSING SENI,
AXIR TANXOLIGING BILARDIM.

TITRAMASIN QO’LLARING ENDI,
NOMALARIM IZLARING O’PSIN………..
MEN=KU SENGA YETA OLMADIM,
ENDI SENI SHE’RLARIM TOPSIN………

Ko’p  kezma  daraxtzor  bog’lar  ichinda,
Daraxtlar  dil  do’sting  bo’lolmas  sening,
Chorlasang  kelolmas,yonib  qucholmas,
Sen  faqat  mening  bo’l,
meniki,
mening.

Ko’p  qolma  jarang  suv  buloq   bo’yinda,
Buloq  ham  dil  do’sting  bo’lolmas  sening,
Qaynashim  chashmadan  teran  joydandir,
Sen  faqat  mening  bo’l,
meniki,
mening.

Ko’p  titma   muhabbat  kitoblarini,
Kitoblar  dil  do’sting  bo’lolmas  sening,
Bu  ishqning  tarixi  mening  qalbimda,
Sen  faqat  mening  bo’l,
meniki,
mening.

Yuragim hamon, faqat seni deb uradi,
Meni yonimda doim, seni surating yuradi.
Dushmanlarim endi meni ustimdan kuladi,
Buyog’i hudodan endi ne bo’lsa bo’ladi.

Men seni sevaman, sen kimni sevasan,
Men seni o’ylayman, sen kimni o’ylaysan.
Bir kun kelib sen ham, jazoingni olasan,
O’shanda jonginam afsuslanib qolasan.

Seni sevaman deb, sen meni aldading
Do’stlarimni oldida, dushmanimni tanlading.
Javob kelmasligin bilib, senga maktub yozaman,
Xiyonatingni ko’rib men aql hushimdan ozaman

Men seni sevaman, sen kimni sevasan,
Men seni o’ylayman, sen kimni o’ylaysan.
Bir kun kelib sen ham, jazoingni olasan,
O’shanda jonginam afsuslanib qolasan.

Yaxshiyam do’stlarim bor, dalda beradi menga,
Nega meni aldading ishonardim men senga,
Sen meni hayotimni jonim, aylading barbot
Keyin kelib yalinsang chiqmaydi mendan najot

SIZGA

Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
gullarning
borligi
kabi…
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Yashil
Maysalarning
ovozi
yanglig‘.

Sizning
Borligingiz
naqadar
yaxshi,
Muqaddas
so‘zlarning
mavjudligidek…
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Samimiy
qo‘llarning
ehtiromidek.

Sizning
borligingiz…
Bu go‘zal ma’vo,
Osmon kabi go‘zal,
osmon kabi keng.
Sizning
borligingiz
naqadar
yaxshi,
Dunyoda
borligi
kabi XUDOning!!!

Guljamol Asqarova

СИЗ ЙЎҚЛАБСИЗ…

Сиз йсқлабсиз «меҳр ксргизиб,
Келмаслар», — деб армонли.
Сиз бош сгиб йсқлайсиз-у
Асрмидик биз жонни.
Шундай йсқлаб келгандик бир,
Тополмадик, на илож,
Кийдирмоқчи сдик ахир
Бошингизга бахтдан тож.
Йслингизга алвон-алвон
Чечак сочсак дегандик.
Умр боғида шсх-шодумон
Ғунча очсак дегандик.
«Айтсам, рад стса, қсйса чек»,
Андишангиз сшитиб,
Биз сзимиз очмоқ бслдик
Толеингиз сшигин.
Излаб келсак, мана, йсқсиз,
Ғурурли дил хомталаш.
Қайтмоқдамиз йсл шукуҳсиз,
Қайтмоқдамиз кснгил ғаш.
Ўч ҳиссими ксзда қалқир,
Бир лоқайд, бир хотиржам.
А­ртанги кун йсқлаб балки,
Сиз топмайсиз бизни ҳам.

Халима Худойбердиева

Ko’zlarimda suratingiz,
Dardlarimni bilolmaysiz,
Yig’lamaydi yuragingiz
Siz mendayin sevolmaysiz!
Siz tilagim desangiz xam,
Qon yuragim desangiz xam,
Yuz yil yig’lab sevsangiz xam,
Siz mendayin sevolmaysiz!
Chidolmaysiz qiynoqlarga,
Xijron otli firoqlarga,
So’ng ketasiz firoqlarga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Jon beray bir so’zingizga,
Yoki tikilib ko’zingizga,
Jabr qilmang o’zingizga
Siz mendayin sevolmaysiz!
Ko’z o’ngimda nigoxingiz,
Dardim og’ir bilolmaysiz,
Chunki yolg’iz gunoxingiz,
Siz mendayin sevolmaysiz!
Osmon to’la yorqin yulduzlar,
Ko’zlar esa bir sizni izlar,
Sizsiz o’tar tunu-kunduzlar,
Naxotki Begona bo’lganmiz bizlar?…

O’z tuyg’ularim etgandim oshkor,
Uyg’onar deb yuragingiz tubida xislar,
Naxot bu tuy’gular bexuda bekor,
Naxotki Begona bo’lganmiz bizlar?…

Yuragingiz ekan tosh-muzlar,
Parvonadir sizga ko’p qizlar,
Ulardan azizroq bo’la olmadim,
Shuning chun Begona bo’ldikmi bizlar.

Xamon yo’lingizda intizor ko’zim,
Qalbimga o’rnashib olgandir kuzlar,
Yig’ilib qolgandir dildagi so’zim,
Naxotki Begona bo’lganmiz bizlar.???

Sog’inib-sog’inib sog’inch tugadi,
Ishonib-ishonib ishonch tugadi.
Seni azoblaring davri butkul tugadi,
Qalbimda yo’q endi senga tuyg’ular!!!

Endi bor menda vafodor bir yor,
U go’zalni menday vafodori bor.
Bugun bo’lding mana mansiz hor,
Kechir menda qolmadi senga tuyg’ular!!!

Sen ayb qilarding lekin men gunohkor,
Goyoki men bevafoyu sen vafodor,
Seni chindan sevib bo’ldim aybdor
Bugun menda yo’q senga tuyg’ular!!!

Seni sevganman o’zimdan ortiq,
Senga edim birgina vafodor sodiq.
Dunyoda yo’q edi sendanda ortiq,
Lekin afsus qolmadi senga tuyg’ular!!!

Hayot doim bo’lgan biri kam,
Kimdur kuladi kimning ko’zi nam,
Hayoting azobga ko’milganda ham,
To tirik ekanman aslo yig’lama!!!

Borib ko’z yoshlaring artolmasam ham,
Dardingni o’zimga ololmasam ham,
Yoningda umirbod qololmasam ham,
To tirik ekanman aslo yig’lama!!!

Ko’zlaring yoshlari qalbimni qiynar,
Ko’zlaring yoshidan yuragim yig’lar,
Yig’lasang azobdan baqirgim kelar,
To tirik ekanman aslo yig’lama!!!

Kulgin kulgingdan men ham quvonay,
Shunda barcha g’amim birdan unitay,
Mayli quvonchingdan quvonib o’lay,
To tirik ekanman aslo yig’lama!!!

Ota onang so’zlari og’ir botsa ham,
Do’stim do’stingmanku so’zim unitma,
Hayotda qiynalsang qiyin damda ham,
To tirik ekanman aslo yig’lama!!!

Yig’lashdan avval bir meni esla,
Aytgan so’zlarimni birma bir esla,
Menday do’sting bor buni unitma,
To tirik ekanman aslo yig’lama!!!

Kechalari yo’qolgan orom,
So’roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom
Qo’rqar edim sevib qolishdan.

Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib
Qo’rqar edim sevib qolishdan.

So’zlashardim sen bilan to’lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba’zan faqat hayolga tolib
Qo’rqar edim sevib qolishdan.

Bugun o’tli-totli boqishlar
Qarshisida turolmadim jim,
Qo’rqar edim sevib qolishdan,
Lekin…

Muhabbatjon…

Diydor nadur? Diydor sening chin samimiy kulgularing,
O’zingday sof ham beg’ubor tozagina tuyg’ularing
Yana keldim aytmoq uchun armonlarim orzularim.
Kuyub o’tdim bu dunyodan dilda to’la alamimsan

Muhabbatjon muhabbat yur ketamiz muhabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muhabbat»¦

Garchi kimlar tepib o’tdi ko’rsatmadim ko’zda yoshim
Yomonlikni ko’raverib yuzdan oshib ketdi yoshim
Do’st deganim oshimni yeb, keyin esa yeydi boshim»¦
Qo’shiq aytsam binafshaga qiqirlaydi so’lim rayhon»¦

Muhabbatjon muhabbat yur ketamiz muhabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muhabbat»¦

Mehr nima odamlarda eng topilmas matomidi?!
Qahr nima nomardlarning og’rig’ida davomidi?!
Mehr berib mehr kutib yashashimiz xatomidi?!
Yon atrofim to’la odam, topilmaydi biron inson»¦

Tog’im deya suyanganim, odamlardan ko’nglim qoldi!
Har baloni ko’rib bo’ldim, ko’rmaganim o’ldim qoldi!
Muxabbatjon muxabbat yur ketamiz muxabbat
Bu yerlarda g’iybat ko’p yur ketamiz Muxabbat»¦

Agar sevish gunoh bo’lsa menman o’sha gunohkor
Buni bilgan faqat bitta guvoh bor
Endi u ham aytolmas hech kimga sirim
Chunki  u ham huddi mendek gunohkor.
Baxtning yo’llarida azoblar yutib
Har oqshom yurakdan sog’inib kutib
Orzular gullarini qo’limda tutib
Qalbimda yig’laydi sensiz muhabbat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x