SEVERSKIY DONES — Ukraina va RFdagi dare. Don daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 1053 km. Havzasining mayd. 98,9 ming km2. Oʻrta Rossiya qirlariningjan. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida (Belgorod sh. gacha) toʻgʻonlar qurilgan. Oʻng sohili baland va tik. Havzasida eski oʻzan va botqoqlik koʻp. Asosiy irmoqlari: Oskol, Aydar, Kalitva. Qor suvlaridan toʻyinadi. Mart—apr. da toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 160 m3/sek. Dek. —yanv. da muzlab, martning oxirida muzdan boʻshaydi. Donesk sh. gacha kema katnaydi (222 km masofada). Severskiy Donesning quyilish joyida yirik UstDonesk porti bor. Dare boʻyida Belgorod, Chuguyev, Izyum, Lisichansk, Schastye, Donesk, KamenskShaxtinskiy, Belaya Kalitva sh. lari joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые