SVETOFOR

SVETOFOR (rus. svet — yorugʻlik va yun. phoros — eltuvchi) — yorugʻlik signali beradigan elektr qurilma. Piyodalar va transport vositalarining koʻchada, yoʻlda va t. y. dan oʻtish joylaridagi harakatini hamda t. y. tarkibi qatnovini tartibga solib turish uchun ishlatiladi. Semafor tarzida Svetofor birinchi marta 1868-y. Londonda oʻrnatilgan. Qoʻlda boshkariladigan birinchi elektr Svetofor 20-a. boshida AQSH da paydo boʻlgan (unda faqat yashil va kizil chiroklar boʻlgan). Dastlabki 3 rangli (yashil, sariq va qizil) S. 1918-y. NyuYorkda, 1930-y. Moskvada ishlatilgan. Sdan t. y. da foydalanish 20-a. boshlarida rayem boʻlgan. Svetoforlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish qoidalari Venada 1968-y. qabul qilingan «Yoʻl belgilari va signallari haqida konvensiya» va bu konvensiyani toʻddiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekistonda 2001-y. xalqaro meʼyorlar asosida ishlab chiqilgan «Yoʻl harakati qoidalari»ga rioya qilinadi (q. Yoʻl belgilari).

Svetoforning 1, 2 va 3 seksiyali hamda qoʻshimcha seksiyali xillari bor. Bir seksiyali Svetoforda faqat bir xil — sariq yoki qizil chiroq yonadi. Sarigʻi oʻchibyonib, haydovchilarni ogohlantirib turadi. Agar transport vositasini toʻxtatish lozim boʻlsa (mas, t. y. dan oʻtish joylarida, oʻt oʻchirish avtomobillari chiqadigan joylarda va h. k.), qizil chiroq yonadi. Ikki seksiyali Svetoforda 2 xil — yashil va kizil chirok yonadi. Asosan, shaharlarda t. y. dan oʻtish joylariga oʻrnatiladi. U ch seksiyali Svetoforda uch xil — yashil, sarik, va qizil chiroq yonadi. Tik va yotiq joylashgan xillari bor. Asosan, yoʻl (koʻcha) chorrahalariga oʻrnatiladi.

Yashil chiroq yonganda relssiz transport vositalari barcha yoʻnalishlarda, tramvay esa toʻgʻriga va chapga harakatlanishi mumkin. Qizil chiroq yonganda barcha transport vositalarining harakati toʻxtaydi, tramvay esa oʻngga burilishi mumkin. Sariq chiroq yonganda chorrahaga yaqinlashayotgan transport vositalari toʻxtaydi, chorrahaga kirganlari chorrahani boʻshatadi, signal oʻzgarishini kutib turganlari harakatlanishga tayyorlanadi. Oʻchibyonib turadigan sariq chiroq haydovchilarni ogohlantiradi.

Qoʻshimcha seksiyali Svetofor chapga burilishni, oʻngga burilishni, ikkala tomonga burilishni va 3 tomonli chorrahalarda toʻgʻriga harakatlanishni koʻrsatadi. Bunday Svetoforlar serharakat chorrahalarga oʻrnatiladi. Qoʻshimcha seksiyadagi «strelka» signali yonganda (S. dagi qaysi asosiy chiroq yonganidan qatʼiy nazar) transport yongan strelka yoʻnalishida harakatlanishi mumkin.

Svetoforlar chorraha chetiga, oʻrtasiga osib qoʻyilishi, maxsus ustunga yoki bino devoriga oʻrnatilishi mumkin. Ular, asosan, avtomatik tarzda yonib oʻchadi. Shu maqsadda EHM dan ham foydalaniladi. Harakatni avtomatik boshkarishning uygʻunlashtirilgan tizimi borgan sari kengroq qoʻllanilmoqda. Bunda, mas, bir yoʻnalishda oʻrnatilgan Svetofor lardan birining yashil chirogʻida oʻtgan transport maʼlum tezlikda (mas, 45 km/ soat) harakatlansa, navbatdagi Svetoforning ham yashil chirogʻiga toʻgʻri keladi va h. k. Qanday tezlikda harakatlanish kerakligi haqidagi belgi har qaysi Svetofor yaqiniga osib qoʻyiladi. Bunday tizim «yashil toʻlqin» deb ataladi. Sdan sanoatda dispetcherlik (boshqarish) da ham foydalaniladi.

T. y. svetofori st-yalar va oʻtish joylariga oʻrnatilib, t. y. tarkibining harakatini tartibga soladi va uning tezligini belgilaydi. Bunday Svetoforda yashil, kizil, koʻk, sariq va sutrangoq chiroklar boʻladi. T. y. ning avtomatik yoki yarim avtomatik blokirovka bilan taʼminlangan bir qismini boshqaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x