SERPUXOV

SERPUXOV — RF Moskva viloyatidagi shahar. T. y. stansiyasi. Oka daryosidagi pristan. Aholisi 136,5 ming kishi (1998). Shahar 14-a. dan maʼlum. 1341 — 1456-y. larda Serpuxov udel knyazligi markazi. Tosh kreml (16-a. oʻrtalari) qurilishi bilan Rus davlatining jan. chegarasidagi muhim istehkom. 16—17 a. larda yirik savdo markazi. 1708-y. dan Moskva guberniyey tarkibida, 1781-y. dan uyezd shahri. 19-a. oʻrtalarida Moskva gubernyasining eng yirik toʻqimachilik markazi. Mashinasozlik va metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, elektromexanika, charm z-dlari, mebel va qogʻoz f-kalari, uysozlik k-ti bor. Bir necha i. t., oʻrta maxsus bilim yurtlari, tarixiy-badiiy muzey mavjud.

Meʼmoriy yodgorliklardan: Kreml devorlari (16-a.) va Troisk sobori (17a.), Vladichniy (16—17 a. lar) va Visoskiy monastirlari (16—17-a. lar) ansambllari, cherkovlar (17—18-a. lar), turar joy xos uylari (18—19-a. lar) saqlanib qolgan. S yaqinida — PriokskoTerrasniy qoʻriqhonasi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x