SERPENTINIT

SERPENTINIT — oʻta asosli togʻ jinsi, dogʻli va yoʻl-yoʻlli tuzilishga ega. Bu xususiyati bilan ilon terisini eslatadi. Shuning uchun ofiolitlar (ofis — ilon) deb ham ataladi. Oson ishlov berilishi sababli ulardan bezak buyumlar va taqinchoqlar, qora metallurgiya uchun olovbardosh gʻishtlar tayyorlanadi. S, asosan, tolali xrizotil, varaqli antigorit va massiv lizarditdan iborat. Doimo karbonat va magnetit qoʻshimchalariga ega. Kam miqdorda talk, aktinolit, tremolit, brusit, xlorit, kvars, xalsedon va b. minerallar uchraydi. Serpentinit dagi minerallar soni 70 dan oshadi. Serpentinit dunitgarsburgit tarkibli oʻta asosli jinslarning bosqichli oʻzgarishi (serpentinlanish) tufayli vujudga keladi. Serpentinlanishning dastlabki boskichida lizardit, keyinchalik xrizotil va yakunida antigorit shakllanadi. Serpentinit asosida xrizotilasbest, antofillit, talk va b. konlar hosil boʻladi. Serpentinit massivlari Ural, Shim. va Jan. Kavkaz va Pomir, Jan. Fargʻona vodiysi, Jan. va Shim. Nurota chuqur yer yoriqlari zonalarida, Tomditogʻ va Sulton Uvays togʻlarida rivojlangan. Sulton Uvaysdagi Serpentinit oʻzgarishidan yirik Qizilsoy, Zenilbuloq, Qazgʻantogʻ va talksimon jinslar hamda vermikulit konlari vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x