SEROV

SEROV (1934-y. gacha va 193739-y. larda Nadejdinsk, 1934—37 y. larda Kabakovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1926-y. dan). Kakva daryosi sohilida. T. y. tuguni. Aholisi 100,4 ming kishi (1998). Uraldagi metallurgiya sanoati markazlaridan biri. Qora metallurgiya, yogochsozlik va b. sanoat korxonalari, temirbeton buyumlari, taʼmirlashmexanika z-dlari bor. Serov issiklik elektr st-yasi ishlab turibdi. Bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, Ural politexnika in-ti fakulteti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 1894-y. da Sibir t. y. magistrali uchun relslar ishlab chiqaradigan z-d barpo etilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Qahramon uchuvchi A. K. Serov (1910—39) nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x