SEROPROFILAKTIKA

SEROPROFILAKTIKA (lot. serum zardob va profilaktika) — yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida organizmga normal va immun zardoblar yuborish usuli. Bunda 1—4 hafta davom etadigan passiv immunitet hosil boʻladi. Tibbiyot amaliyotida Seroprofilaktika uchun gammaglobulin keng qullaniladi. Seroprofilaktika epidemik kasalliklar (mas, qizamiq, koʻkyoʻtal)ga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar, shikastlanganda (qoqsholning oldini olish uchun), hayvonlar tishlaganda (quturishning oldini olish uchun) va h. k. da oʻtkaziladi. Infeksion gepatitga qarshi kurashishda rejali Seroprofilaktika olib boriladi (yana q. Immunoprofilaktika, Immunoterapiya, Immun zardoblar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x