SEREZIN

SEREZIN (lot. cera — mum) — yuqori molekulali qattiq atsiklik va siklik toʻyingan uglevodorodlar aralashmasi. Oq rangdan jigarranggacha; mumga oʻxshaydi. Tabiiy Serezin 57—80° da, sintetik Serezin esa 90—100° da suyuqlanadi. Ozokerit, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda uglerod oksid bilan vodoroddan sintez qilib olinadi. Konsistent surkamalar tayyorlashda, elektr izolyatsiya materiali sifatida asbob va uskunalarni zanglashdan saqlashda, qogʻoz va gazlamalarga shimdirishda va tibbiyotda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x