SERENADA

SERENADA (ital. sera — oqshom soʻzidan) — I) Yevropada eshik yoki deraza ortida turib maʼshuqaga boʻlgan hislarni ifodalovchi ishqiy qoʻshiq. Italiyada paydo boʻlib (16-a.), jan. roman xalqlari orasida keng tarkalgan. Keyinroq kamer vokal musiqa janriga aylangan va operada ham qoʻllanilgan (M. Glinkaning «Bolero» romanei, V. Motsartning «Don Juan» operasidagi Serenada va b.);

2) Serenada qoʻshiqlarining oʻziga xos tomonlarini ifodalovchi cholgʻu pyesa;

3) 17—18-a. larda cholgu ansambllari uchun yaratilgan turkum asarlar;

4) 17—18-a. larda tantanavor yigʻinlar uchun yozilgan asar (koʻpincha yakkaxonlar uchun kantata koʻrinishida boʻlgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x