SEPARATOR

SEPARATOR (lot. separator — ajratkich) — 1) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuklikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun moʻljallangan qurilma. Ishi suyuklik yoki qattiq jism komponentlarining fizik xususiyatlari (zarrachalarning shakli, massasi, solishtirma ogʻirligi, magnit xossasi va b.) orasidagi farqqa asoslangan. Separatorning markazdan qochma, magnit, tindirma, pnevmatik, ishqalanma, elektr va b. xillari bor. Markazdan qochma Separatorlar (sentrifugalar) da suyuklik ichidagi ogʻirroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch taʼsirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralashmalardan tozalash, sutni qaymoq va yogʻsiz sutga ajratishda qoʻllaniladi. Magnit Separator foydali minerallarni gʻovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydonining turli mineral zarralariga turlicha taʼsir etishiga asoslangan. Tindirma Separator birbiri bilan aralashmaydigan 2 suyuklikni rezervuarda tindirish yoʻli bilan ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylashgan 2 ta truba boʻlib, yuqorisidan yengil, pastkisidan ogʻirroq suyuklik chiqadi. Pnevmatik Separator tegirmonda maydalangan materialning mayda-yirikligini havo oqimi taʼsirida rostlash, uni boyitish va b. da ishlatiladi. Ishqalanm a S. foydali qazilmalarni boyitishda qoʻllanadi. Gaz S. ida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalanadi. Buning gravitatsion (gaz tezligini keskin pasaytirishga asoslangan), siklonli (markazdan qochma kuchga asoslangan) xillari bor. Separator xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarida, mas, un tortish korxonalarida, gaz sanoatida, paxta terish mashinalari va b. da ishlatiladi; 2) podshipniklarda shar yoki roliklarni birbiridan ajratib turadigan detal (q. Podshipnik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x