SEP

SEP — qiz uzatishda unga ota-onasi, qarindoshurugʻlari tomonidan tortiq etiladigan molmulk. Sep tayyorlash oilaning tarixiy taraqqiyotida patrilokal nikox. va monogam oila vujudga kelgandan soʻng shakllangan. Har bir tarixiy davrning turmush sharoitlari, tirikchilik tarzi Sepning tarkibiga taʼsir koʻrsatgan va ota-onaning moddiy imkoniyatlari bilan belgilangan. Sep jahondagi koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda uchraydi. Qiz uchun Sep tayyorlash juda erta boshlangan va taomilga koʻra, u to balogʻatga yetguncha tayyor bulishi lozim. S, asosan, koʻrpa, koʻrpacha, gilam, roʻmol, doʻppi, kiyimkechaklar, taqinchoklar, uyroʻzgʻor anjomlari va b. dan iborat boʻlgan. Sep solish uchun maxsus boʻgʻjoma yoki sandiq tayyorlangan. Tabiiyki, Sep nikoxda muhim oʻrin egallagan. Chunki kelin kuyov xonadoniga tushirib kelinganidan soʻng utkaziladigan sep yeyish marosimida uning molbisotini ayollar birmabir sinchiklab koʻrishgan. Shu bois qiz oʻz Sep idagi belbogʻ, dastroʻmol, doʻppi va b. ni koʻpincha oʻz qoʻli bilan tikishga xarakat qilgan. Sep kelinning shaxsiy mulki hisoblangan va yangi roʻzgʻorni oyoqqa turib olishiga va iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim vosita rolini oʻynagan.

Hoz. davrdagi oʻzbek kelinlarining Sep lari zamonaviy kiyimkechaklar, uyroʻzgʻor buyumlari va b. turli jihozlardan iboratdir. Tabiiyki, xalqimiz udumiga koʻra, kelinning Siga emas, balki uning insoniylik fazilatlariga va maʼnaviyatiga asosiy eʼtibor qaratiladi.

Ad.: Boʻriyev O. va b., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x