SENTIMENTALIZM

SENTIMENTALIZM (frans. sentiment — histuygʻu) — 18-a. 2-yarmi — 19-a. boshida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatidagi oqim. S. da hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadrqimmatini aniklovchi asosiy meʼyor sifatida talqin qilinadi. Dastlab sentimental kayfiyatlar J. TomsonYil fasllari», 1730), E. Yung («Tungi yullar», 1742—45), T. Grey («Qishloq qabristonida yozilgan marsiya» 1751) kabilar sheʼriyatida va O. Goldsmit, S. Stern nasrida koʻzga tashlanadi. Sentimentalizmning Fransiyadagi yirik vakillari — A. Prevo, J. J. Russo va b. S. aklidrokdan koʻra histuygʻuni ustun qoʻyish asosida inson shaxsini tasdiklashning yangi shakli edi. Sentimentalizm ruhidagi asarlarda inson histuygʻulari har tomonlama badiiy tadqiq qilinib, psixologik taxlilga keng oʻrin beriladi. Ayniqsa, histuygularning tabiiyligi ulugʻlanadi. Sentimentalizm yoʻnalishidagi asarlarda histuygʻuning ustuvor qoʻyilishi insonning nafaqat oʻz olami, balki tabiatga boʻlgan munosabatini ham oʻzgartirdi. Sentimentalizmda tabiat inson kechinmalariga hamohang tarzda, uning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beruvchi vosita sifatida namoyon boʻldi. L. Sternning tugallanmagan «Sentimental sayoxat» (1768) asaridan taʼsirlangan D. Yum insonning oʻz-oʻziga qaytishi, oʻz-oʻzini anglashi toʻgʻrisida irratsional nazariyalar yaratdi.

Rossiyada Sentimentalizm 18-a. ning 90y. larida N. M. Karamzin ijodida oʻz aksini topdi. Uning «Bechora Liza» (1792), «Yuliya» kabi asarlarida oddiy kishilarga, dehqonlarga xayrixoxlik tuygʻulari ifodalanadi. Bu asarlar rus adabiyotiga psixologik badiiy taxlilni olib kirdi. Sentimentalchilar adabiyotda maktub, sayohatnoma, marsiya, qasida, idilliya, masal singari janrlarni taraqqiy ettirdilar. Sentimentalizm oʻzining eng yuksak namunalarida hayotga isyonkorona, tanqidiy munosabatda boʻlishni oʻrgatdi, insonning ichki olamini, kechinmalari va hissiyotlarini eʼzozlashni targʻib qildi.

Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda 20-a. boshlarida jadidchilikning shakllanishi, rus va Yevropa adabiyotidan tarjimalarning koʻpayishi, tatar, ozarbayjon, turk adabiyotlari taʼsirida yangi maʼrifatchilik gʻoyalarining oʻsishi natijasida Behbudiyning «Padarkush», Hamzaning «Yangi saodat», «Zaharli hayot»; Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», «Jinlar bazmi» asarlarida, Fitrat va Choʻlponning ayrim dramatik va lirik asarlarida sentimental kayfiyatlarga moyillik, kuchli hissiyotlarga berilish, hissiy-maʼrifiy tanqid nishonalari va mayllari yaqqol koʻzga tashlandi. Bu mayllar 20y. larning oʻrtalariga qadar davom etdi, lekin Sentimentalizm oʻzbek adabiyotida mustaqil oqim tusiga kirmadi. Sentimentalizm vakillari (A. S. Gretri, K. F. Bax, K. F. D. Shubart) musiqaga — inson tuygʻularini be vosita aks ettirib, tinglovchilarga kuchli taʼsir eta oladigan sanʼat turi sifatida alohida oʻrin ajratgan. Sentimentalizmda musiqiy janrlar va obrazlar majmuasi kengaydi. Hajviy operaga dramatizm unsurlari kirib keldi (N. Pichchinni, P. Monsini, A. Gretri operalari), yangi — melodrama janri qaror topdi, cholgʻu jurnavozligida ijro etiladigan yakkaxon qoʻshigʻi (Berlin maktabi vakillari, rus kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Shuningdek, Sentimentalizm Mangeym maktabi ijodkorlari, qisman I. Gaydn, V. AMotsart, keyinchalik F. Shubert, P. Chaykovskiy va b. kompozitorlar asarlarida oʻz ifodasini topgan.

Ad.: Tron yekaya M., Nemeskiy sentimentalnoyumoristicheskiy roman epoxi Prosveщyeniya, L., 1965; Kochetkova N. D., Poeziya russkogo sentimentalizma. N. M. Karamzin, I. I. Dmitriyev, v kn., Istoriya russkoy poezii, t. 1, M. L. 1968.

Dildora Rashidova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x