SENKEVICH

SENKEVICH (Sienkiewicz) Genrik (1846.5.5, VolyaOksheyska 1916.15.11, Veve, Shveysariya) — polyak yozuvchisi. Dastlabki asari — «Behuda» (qissa, 1872). 1876—78 y. larda «Safar», «Qora eskizlar» kabi asarlar yozgan. Senkevich ijodida gumanizm yuksak darajaga koʻtarilgan («Yanko — musikachi», 1879; «Bartek — gʻolib», 1882). 1882-y. dan Senkevich ijodining 2davriga mansub tarixiyvatanparvarlik mavzuidagi («Ut va qilich b-n», 1883—84; «Toshqin», 1884—86; «Pan Volodiyevskiy», 1887—88) romantrilogiyasida Polshaning Shvetsiya, Ukraina va Turkiya bilan tarixiy urushlari davridagi vokealar, takdirlar aks etgan. «Xoch koʻtarganlar» (1900) romanepopeyasi tarixiy salib yurishlari mavzuida. Senkevich ijodining choʻqqisi «Kamo gryadeshi» (1896, «Kayoqqa ketayapsan?» iborasining lotincha nomi boʻlib, Iso Masihga qarata aytilgan) romanidir. Asarda imperator Neron davrida endigina yuzaga kelayotgan nasroniylik oqimi tarafdorlarini qatagʻon kilish voqealari tasvirlangan. Psixologik romanlari («Diniy aqidalarsiz», 1889 — 90), hikoya va qissalari bor. Nobel mukofoti laureati (1905).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x