SENAT

SENAT (lot. senatus — keksa) — 1) Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi;

2) Rossiyada 1711 — 1917-y. larda hokimlik qiluvchi Senat — qonun chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi. 19-a. ning 1-yarmidan oliy sud organi; 1864-y. dan esa oliy kassatsiya instansiyasi. Bosh prokuror tomonidan boshkarib turilgan (uning oʻzi 1802-y. dan adliya vaziri). Senatorlarni imperator tayinlagan;

3) bir kancha davlatlarda (Italiya, Fransiya, AQSH, shuningdek, Oʻzbekistonda ham) parlament yuqori palatasining nomi. Odatda, quyi palataga nisbatan boshqacha tartibda saylanadi. Federatsiyalarda (mas, AQSHda) har qaysi shtatdan 2 tadan senator saylanadi; odatda, senatorlarning 1/3 qismi har 2—3 yilda almashtirib turiladi. Baʼzi hollarda Senat muayyan sud vakolatlariga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. dan teng mikdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, i. ch. sohasida, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqdarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi S. ining (jami 100 senator) vakolat muddati 5 y. Uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida»gi (2002-y. 4 apr.), «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida»gi (2002-y., 12 dek.) konstitutsiyaviy qonunlarga, shuningdek, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi (2003-y. 29 avg.) konunga muvofiq tashkil etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x