Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Sening noningni oʻgʻirlaydilar. Keyin senga undan bir burda beradilar. Keyin oʻsha berganlari uchun ularga rahmat aytishingni buyuradilar. Ular naqadar jirkanchlar!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Taʼlim yurtni qoʻriqchi askarlardan koʻra yaxshiroq himoya qiladi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Baʼzilarga ikkinchi fursatni berish xuddi “Oldin otganingda koʻksimga tekkizolmagan eding. Mana senga yana oʻq. Qaytadan otib koʻr” deyishga oʻxshaydi.
Najib Mahfuz
*****
Sen uchun oʻzini qurbon qiladiganlar bor. Oʻzining foydasi uchun seni qurbon qiladiganlar bor.
“Hikmat durdonalari”
*****
Birorta odamning birdaniga senga nisbatan muomalasi oʻzgarib qolgan boʻlsa, xafa boʻlma. Ayrim odamlar (sendan foyda koʻrmay qolsalar) aktyorlikdan voz kechib, oʻzlarining asl qiyofalariga qaytgan boʻladilar.
“Hikmat durdonalari”
*****
Esipastlar bilan tortishma. Aks holda, ular seni oʻzlarining saviyalariga tushirib oladilar-da, keyin esipastlik borasidagi tajribalari bilan seni yengib qoʻyadilar.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar yaxshi koʻrgan insoning bilan boʻladigan aloqang seni afzal shaxs boʻlishingga sabab boʻlmasa, demak, sen xato shaxs bilan muomala qilar ekansan.
Anis Mansur
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/sen-uchun-ozini-qurbon-qiladiganlar-bor-ozining-foydasi-uchun-seni-qurbon-qiladiganlar-bor/