EDMONTON

EDMONTON — Kanadaning jan. gʻarbiy qismidagi shahar, NortSaskachevan daryosi boʻyida. Alberta provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 937,8 ming kishi (2001, shahar atrofi bilan). Mamlakatning muhim savdotaqsimot, sanoat markazi. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi.

Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Neft quduqlari parmalaydigan uskunalar ishlab chiqariladi. Q. x. xom ashyosi qayta ishlanadi. un-t bor. Shaharga 1795-yilda moʻyna savdosi bilan shugʻullanadigan kompaniyalar faktoriyasi sifatida asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x