SEMIRAMIDA

SEMIRAMIDA (yun. Shammuramat, ossuriycha — Sammuramat) — Ossuriya podshosi (malikasi) (mil. av. 9-a. oxiri), Shamshiadad V (mil. av. 823 — 811) ning xotini. Asli Bobildan. Eri vafot etgach, Adadnerari III balogʻatga yetmagan davrida (mil. av. 810—806-y. lar) davlatni amalda vasiy sifatida oʻzi boshqargan. Uning hukmronligi davrida shim. dagi xalqlar va midiyaliklar bilan teztez urushlar sodir boʻlib turgan. Shu tufayli mazkur xalqlarda Semiramida haqida afsona toʻqilgan. Unga koʻra, Semiramida va uning eri Nin Skifiya, Eron, Arabiston, Baqtriya, Hindiston, Misr va b. mamlakatlarga ulkan harbiy yurishlar qilishgan, Nineviya va Bobil kabi poytaxt shaharlar bunyod etishgan. Semiramida Hindiston yurishidan qaytib kelgach, Nin tomonidan uyushtirilgan fitnadan xabardor boʻladi va oʻz ixtiyori bilan unga taxtni topshirib kaptarga aylanadi va bir gala kaptarlar bilan saroyni tark etib uchib ketadi. Gerodot va Ktesiy Semiramidani dunyodagi moʻjizalardan biri — Bobildagi saroy tomida yaratilgan mashhur «osma bogʻlar» bunyodkori sifatida taʼriflashgan (q. Yetti moʻjiza).

Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shelkovыy put, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x