SEMIPALATINSK

SEMIPALATINSK — Qozogʻistonning Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1782-y. dan). Irtish daryosining har ikkala sohilida, oʻng qirgʻogʻidagi pristan. T. y. tuguni. Aholisi 345 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Rus xarbiylari Qozogistonning shu hududlarini egallash maqsadida, 1718-y. da harbiy istehkom sifatida kurgan (Irtish daryosi boshlangan joydan 18 km quyida). 18-a. da tranzit savdo markazi. 1776-y. dan hoz. oʻrnida. 1782-y. gacha Semipalatka deb atalgan. (qalʼa yonida 7 ta uy boʻlgan, nomi shundan). Oʻsha yildan uyezd shahri. 1796-y. dan Tomsk gubernyasida, 1854-y. dan viloyat markazi. 19-a. oxirida S. Rossiyaning siyosiy surgun joyi boʻlgan. 1920—28 y. larda gubernya, 1928 — 32 y. larda okrug, 1932-y. dan Sharqiy Qozogʻiston viloyati, 1939—90 y. larda Semipalatinsk viloyati markazi, 1929-y. da Sdan TurkistonSibir t. y. oʻtgan. Yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoklari yetakchi oʻrinda. «Kazaxkabel», dare kemasozligi, kema taʼmirlash, gaz apparaturasi, armatura, sement z-dlari bor. Metallsozlik, ruda boyitish, «Altayzoloto» ktlari, qurilish materiallari korxonalari ishlab turibdi.

F. M. Dostoyevskiy va qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev adabiymemorial muzeylari bor. Semipalatinsk atrofidagi hududda 1997-y. gacha yadro quroli yer osti sinovlarining oʻtkazish poligoni boʻlgan (sinovlar 1991-y. da toʻxtatilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x